Ilmiy ish

Innovatsion yondashuv asosida talabalarda muhandislik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi

Tikuv buyumlarini konstruksiyalash fani misolida.

Maqsad

Talabalarda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar va parametrik fikrlash asosida muhandislik kompetensiyalarini shakllantirish.

Vazifalar

Konstruksiyalash metodikasini integratsiya qilish; raqamli vositalar bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish; mustaqil ijodiy tadqiqotni rivojlantirish.

Natijalar

Talabalar parametrik chizish, raqamli modellashtirish, andoza optimizatsiyasi va onlayn vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini egallaydilar.

Yangilik

Milliy kiyimlar konstruksiyasi onlayn parametrik tizimga birinchi marta integratsiya qilingan.

Innovatsion metodika haqida

Ushbu loyiha doirasida talabalarda muhandislik kompetensiyalarini innovatsion yondashuv asosida shakllantirish metodikasi tikuv buyumlarini konstruksiyalash fani misolida ishlab chiqilgan.

Metodika quyidagi kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan: parametrik fikrlash, raqamli modellashtirish, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, mustaqil ijodiy tadqiqot.