O‘zbekiston zargarlik san’ati — Toshkent–Farg‘ona zargarligi

Zargarlik bezakiariToshkent va Farg'ona vodiysining an'analarga ko'ra, bolalik davridanoq taqilgan. Ayollarning yosh va ijtomiy darajasiga qarab ularning soni o'zgarib borgan. Bu…

Zargarlik bezakiariToshkent va Farg'ona vodiysining an'analarga ko'ra, bolalik davridanoq taqilgan. Ayollarning yosh va ijtomiy darajasiga qarab ularning soni o'zgarib borgan. Bu davrda zargarlik bezakiari sifatida uzuk, sirg'a, marjon va bilaguzuklar keng tarqalgan edi. Odatda, uzuklar rangli toshlar, shishalar bilan bezatilib, katta hajmda ishlangan. Oltin va kumushdan tayyorlangan bilaguzuklar ba'zan o'yma naqshlar bilan bezatilgan. Toshkentda qubba shaklidagi, shokilali sirg'alar, shuningdek, katta halqa ko'nnishidagi qoshg'ar boldoqlarini taqish urf bo'lgan.

Bir necha marjon shodasi esa ayollarning eng sevimli taqinchoqlardan biri hisoblangan. Marjonlaming miqdori boylik va farovonlik ramzi hisoblangan. XX asr boshlarida tanga va munchoqlar bilan ishlangan zebigardon bezagini taqish urfga kirgan. Zebigardon besh qatorli zanjirga osilgan yettita bejirim medalyondan iborat nozik taqinchoq bolgan.

Toshkent-Farg‘ona ayollari taqinchoqlarining turlari xilma-xil bo‘lgan. Peshonaga kiyiladigan Toshkent va Farg‘ona vodiysida “tillaqoshlar”, Buxoro, Samarqand va Toshkentda - “tilla bargak” bo‘lgan. Boshqa ayollar taqinchoqlari ham xilma-xil bo‘lgan: uzuklar, bilaguzuklar, sirg‘alar, buloqlar va xolbindilar; ko‘krak bezaklari - zebigardon, nozigardon, bo‘yin tumor, qo‘ltiq tumor, sinsila, tavq, xapaband, topish va b.; bo‘yin bezaklari - tuf, sochpopuk va boshqalar keng tarqalgan. Bezaklar turlicha materiallardan har xil usulda qilinardi.

Yana bir bezak turi tillaqosh juda mashhur bo’lgan. Ma’lumotlarga ko’ra, tillaqosh hind an’analari bilan ham bog’liqdir. Qora ipak iplaridan tayyorlangan chochpopuk ayollar sochlariga qo’shib o’ralgan. Chochpopukka qo’shib o‘rama, gumbazcha shaklidagi naqshlangan kumush va qora kumush va marjonlarni taqilgan. Sochga qo’shib taqiladigan yana boshqa bir bezak turi tuf bo’lgan. Tuf mayda munchoqlar bilan tugaydigan popuk va zar­hal sharchalardan tashkil topgan. Shunga o’hshash bezaklar begonalar ko’zlaridan sochni bekitish va e’tiborini tortmaslikka uchun ishlatilgan. Ayollar yoshidan qat’iy nazar ushbu bezaklardan foydalanishgan.