O‘zbekiston zargarlik san’ati — Qoraqalpoq zargarligi
Ayollar liboslarini bezashda kumushdan tayyorlangan zargarlik bezaklarisiz tasavvur qilish qiyin. Ushbu bezaklar libos va boshqa aksessuarlar bilan yaxlit uyg‘unlikni tashkil…
Ayollar liboslarini bezashda kumushdan tayyorlangan zargarlik bezaklarisiz tasavvur qilish qiyin. Ushbu bezaklar libos va boshqa aksessuarlar bilan yaxlit uyg‘unlikni tashkil qilib, qoraqalpoq ayollari qiyofasiga estetik yetuklik baxsh etgan. Bunday bezaklar asosiy vazifasi ayolning estetik va maqomini belgilash bilan birga, uni turli yovuz kuchlardan himoya qilish bo’lgan. Ayniqsa, bunday bezaklarni turi kelinlar va bo‘lg‘usi onalar liboslarida ko’rish mumkin. Bezaklar ma’nosi hamisha hayotning yuzaga kelishi va uni asrash, sulolani davom ettirish va himoya qilish kabi g‘oyalar bilan bog‘liq bo’lgan. Bezaklar majmualarida ijtimoiy va yoshga doir taqsimlanishning qat’iy qoidalari mavjud bo‘lgan. Chunonchi, har bir yosh toifasi muayyan bezaklar to‘plamiga ega bo‘lib, yosh ulg‘aygani sari bezaklar soni oshib borgan. Keksa ayollarda bezaklar soni borgan sari kamaytirib borilgan.
Qoraqalpog‘iston. XIX asr oxiri XX asr boshi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘lkashunoslik muzeyi.
To‘y libosi kundalik liboslaridan farq qilib, bezak, kashta hamda zargarlik buyumlari bilan juda boyitilgan. To‘y libosining har bir tarkibiy qismida bo’lajak kelinni asrash uchun tikilgan kashta va bezaklar turi, matolar rangi, jumladan himoya vositasi qo’llanilgan. Saukele peshona hamda chakka qismlari va unga berilgan bezaklarning barchasi kelinning manglayi va yuzini yopib turgan va begona ko’zlardan himoya qilgan. Faqatgina yuzning chetlari ochiq holda qolgan. Shuningdek, burunga taqiladigan yassi spiralsimon oltin halqa va mayda shokilalar bilan zanjirga ulangan halqapli sirg‘a kelinning yuzini ko’rishga xalal bergan.
Cho‘ziq rangli toshlar, rombsimon shokilalar hamda qo‘ng‘iroqchalar bilan bezatilgan ko‘krak qismiga taqiladigan katta haykel kelinlar bezagi hisoblangan.



Kelinlarning yana bir bezagi uch qatorli quyma og‘ir bilaguzuklar (bilezik) bo’lgan. Ushbu bezak ko’rinishi qaraqalpoq harbiylarining bilak qismiga taqiladigan ashyosiga o‘xshash bo’lgan. Shuningdek, kelinga o‘zgacha ko’rk bag’ishlagan bejirim sirg‘a va uzuklar (juzik) ham chetda qolmagan (463-lar).


Yosh
ayollarning taqinchoqlari turiga kiruvchi bezak bu ongirmonshaq bo’lib,
u yarim shar shaklida tayyorlanib, jaranglaydigan ko‘plab osma bezaklarga boy
bo’lgan. Ushbu bezak ko‘krak qismidan pastda
taqilib, o’ziga xos serfarzandlik ramziga ega bo’lgan. Keksa ayollar koylekning ushbu qismiga esa
kalitlar osilgan jimjimador halqa – giltbau tikib kiyganlar.
boshi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘lkashunoslik muzeyi.
Ichi kavak kumush tugmalar (tuyme) va boshqa zargarlik libos ilgaklari, shuningdek, kumush naycha, xochsimon va uchburchak ko‘rinishdagi g‘ilofli tumorlar (tumar) ham ayollar bezaklari to‘plamidan o‘rin olgan.
Ularda, yovuz niyatli odam kelinning dabdabali zeb-ziynatlari va bezaklariga qarab chalg‘iydi. Shu tariqa butun libos kelinni ko‘z tegishdan saqlab qoladi degan fikrlar mavjud bo’lgan.
Shunday qilib, qoraqalpoqlarda xalq bayramlari va oilaviy marosimlarda taqish uchun qat’iy belgilangan taqinchoqlar bo’lgan. Ular shakli, bezagi va ifodalaydigan ma’nosiga ko’ra kundalik taqinchoqlardan farq qilgan.
Bundan tashqari, bu taqinchoqlar ayollarning hayot tarsi, yoshi va ijtimoiy ahvolini aks ettiradi. Taqinchoqlar ayollar hayotining turli bosqichlarini bildiradigan asosiy ramziy belgi vazifasini bajaradi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy sohadagi bugungi muvaffaqiyatlarimizning tarixiy asoslari olis o’tmishga borib taqalganidek, amaliy san'at namunalari ham etnotarixiy taraqqiyot natijasida ajdodlardan avlodlarga uzatilib kelingandir. Demak, avlodlar tarix sahnasida insoniyat naslining davomiyligini ta'minlovchi vosita bo’lishi bilan bir qatorda madaniy qadriyatlarimizni avlodlararo tashuvchi kuch hamdir. Shu jihatdan ham inson amaliy san'at namunalarini yaratishi bilan bir qatorda, har bir tarixiy davrning ijobiy qirralarini mujassam etib, nisbatan mukammalligini ta'minlay borib, uni keyingi avlodlarga yetkazib beruvchi omildir.