O‘zbekiston zargarlik san’ati — Qashqadaryo va Surxondaryo zargarligi
Ushbu hudud zargarlik buyumlarining turlari boshqa hududlarga nisbatan ko’p bo’lgan. Zargarlik buyumlari orqali ayollarning ijtimoiy darajasi hamda oilaviy sharoiti belgilangan.…
Ushbu hudud zargarlik buyumlarining turlari boshqa hududlarga nisbatan ko’p bo’lgan. Zargarlik buyumlari orqali ayollarning ijtimoiy darajasi hamda oilaviy sharoiti belgilangan. Zebu-ziynatlar, asosan kumush kabi metalldan hamda uni bezashda mayda munchoq, serdolik toshi, dur va marjonlardan yasalgan.
Ayollar taqinchoqlari, asosan boshqa hududlardan, jumladan Buxorodan keltirilgan. Ayrim zargarlik buyumlari esa mahalliy ustalar tomonidan ham tayyorlagan. Ushbu hudud ziynatlari sirasiga zebigardon, gajak, uzuk, zirak hamda bilaguzuk kabilar kirgan. Ziraklar turi xilma-xil bo’lib, ular orasida beshpoya, uch ko‘zacha, burun teshigiga taqiladigan letuvu (letiba) keng urfga kirgan.

Bayram kunlari ayollar turfa xil ziynatlardan foydalanishgan. Bunday bezaklardan biri ayollar peshonalariga taqadigan silsila bezagidir.

O‘lkashunoslik muzeyi. Termiz
Ushbu bezakni qo’shni xalqlar ayollar bezagida ham uchratish mumkin, jumladan qirg‘izlar va turkmanlar xalqida ham. Surxondaryo hamda Qashqadaryo vohalarida trapetsiya shaklida yasalgan, rang-barang mayda munchoqlar bilan bezatilgan, ko’krak qismiga taqiladigan xapamat taqish urf bo’lgan. Ushbu bezak turi boshqa hududlarda taqilmagan. Xapamatni to‘y marosimida va undan so’ng ko‘z tegishdan saqlash maqsadida taqilgan.

Shuningdek, yana bir taqinchoq turi bu – gulband bo’lib, u turfa xildagi rangli munchoqlardan tayyorlangan. Bunday taqinchoqqa qo’shimcha sifatida o’rta qismiga tosh yoki kumush tumor – boboxur ni joylashtirshgan. Bu kabi toshlar esa o’z navbatida ayollarga oilaviy baxt keltirgan (452-lar).


Zebigardon kabi ko’krak qismiga taqiladigan bezaklar turiga haykal, tomoklov, urpiya ham kirgan. Odatda, bunday marjonlar ustma-ust taqilgan. Jumladan, marjon munchoqlar kumush tangalar boboxur bezafi bilan taqilsa, gulband esa– setora, zirak va uzuklar bilan birgalikda taqish o’zgacha chiroy bergan. Bularning barchasi Surxondaryo xotin-qizlarining o‘ziga xos liboslarini tashkil qilgan. Albatta, bunday qo’shimcha bezaklarsiz xech bir davr ayolini tassavur qilib bo’lmaydi.