Samarqand va Buxoro — Buxoro ayollari kostyumi
Buxoro ayollarining liboslari boshqa hudud liboslariga nisbatan bashang va ko’p qavatli bo’lgan. Ammo buxorolik ayol va erkaklarning kiyimlarida farqlanish kam bo’lganligini,…
Buxoro ayollarining liboslari boshqa hudud liboslariga nisbatan bashang va ko’p qavatli bo’lgan. Ammo buxorolik ayol va erkaklarning kiyimlarida farqlanish kam bo’lganligini, hatto A. Borns o’z yozmalarida yozib qoldirgan.
Ayollar liboslari o’zga hududlarga nisbatan shariat meyyorlari talablari asosida tikilgan bo’lib, unda kiyimlar tanaga yopishib turmasligi kerak edi. Ayollar liboslari asosan, turli xil rangdagi shoyilardan tikilib, zargarlik buyumlaridan keng foydalanishi bilan o’zga hududlardan butunlay farq qilgan.

Amirning rafiqalari va saroy aslzoda xonimlarining liboslariga zardo’zi kashtalari bilan bezak berilishi, shuningdek, zargarlik, qimmaybaxo toshlardan foydalanish, yuziga oro berishi barchada yuqori taassurot qoldirgan.

Ayollar an’anaviy libosi koylak, lozim, ustki kiyimlar: “munisak”, “paranji”, chopon”, bosh kiyim va poyavzaldan iborat bo’lib, kundalik va toy-marosimlarda kiyiladigan liboslar tikilishi jihatidan bir hil bo’lgan. Ular orasidagi birdan bir farq marosim kiyimlarining rangi, matosi va bezakdorligida edi. Ayollar o’zlariga libos tanlashda albatta matoning rangiga ahamiyat berishgan. Qizlar ko’proq qizil rangli matolardan tikilgan liboslarni yoqtirishgan. Ko’pgina xalqlarda qizil rang muhabbat, xursandchilik ramzi sanalgan. O’rta yashar ayollarga ko’k tusdagi matolardan tikilgan liboslar xos bo’lgan. Keksa ayollar esa, ko’k-yashil, oq rangli liboslarni ma’qul ko’rishgan. Qadim zamonlardan beri oq rang pokizalik, gunohlardan poklanish belgisi hisoblangan. Najmiddin Kubroning takidlashicha, so’fiylik tariqatida oq rang “poklanish” ramzidir. Murid poklanishga erishgandan keyingina “tariqat” yo’liga kirishi mumkin bo’lgan. Ehtimol, shu bois ham keksa kishilarning oq rangli libos kiyib yurishi ularning o’zga dunyoga xotirjam ketishi uchun avval barcha gunohlardan poklanish lozim degan tushunchalar bilan bog’liqdir.
Ayollar choponlarining o’ziga xos turlari mavjud bo’lib, bular kaltacha va paranji hisoblangan. Barcha yoshdagi ayollar uchun xos bo’lgan ko’ylak kurta bo’lib, kiftaki kurta qizlar ko’ylagi, uning yoqasi qorizontal ko’rinishda va kurtayi peshkusho esa turmushga chiqqan ayollar ko’ylagi bo’lgan. Ayollar bir vaqtning o’zida bir necha qavat ko’ylakni ham ustma-ust kiyishlari mumkin bo’lgan. Bu esa o’z navbatida ayol moddiy ahvolining holatini bildirib turgan. Ammo ayollar oq va rang-barang shoyidan tikilgan ichki ko’ylakni hamda zarbof, baxmal kabi matolardan tikilgan tashqi ko’ylakni albatta kiyishilari shart edi.

Jumladan, bizda oq, yashil, sariq va qizil ranglar hayot, to’kin-sochinlik, nur va yorug’lik ifodasi sifatida e'zozlanib, ushbu ranglar milliy kiyimlarimizga, demakki, ruhiyatimizga ham tantanali xususiyatni singdirsa, qora va ko’k ranglar zulmat va tushkunlik ramzi sanaladi.
Ayollar ko’ylagi o’zining keng bichimi, englari bilan ajralib turgan. Ko’ylak yenglari, odatda, keng, uzun va to’g’ri burchak shaklida tikilgan. Jumladan, marosim va ichki ko’ylak yenglari uzun, hatto uch metrgacha bo’lib, yorqin rangli kashtalar bilan bezak berilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib ayollar ichki ko’ylagining yoqa qismida o’zgarishlar uchraydi. Ular endi uchburchak yoki kovaksimon shaklda bo’lib, turli xil bezak berilgan. Jumladan, ayollar koylagining yoqasiga kashtalangan yoki bezatilgan keng tasma tikilgan. Ko’pchilik joylarda yoshi katta ayollar oddiy jun chilvir yoki qoramtir yo’l – yo’l mato parchasini jiyak qilib ishlatgan. O’tgan asr boshlarida bunday ayol koylaklari kam saqlangan.



“Mohi Xosa” Amaliy san’at muzeyi. Buxoro.

Buxoro Davlat badiiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasi.




XIX asr oxiriga kelib, yangi bichimdagi ko’ylaklar paydo bo’ldi. Bular vertikal qirqimli ko’ylaklar hamda tik yoqali plankali ko’ylaklardir. Tik yoqalarga ham bezak berish, ularga burmalar tikish kabi rusumlar kirib keldi. Bunday bichimdagi liboslar Buxoroda juda keng tarqalgan edi. Shuningdek, aslzoda xonimlar ko’ylaklarining vertikal qirqimi turli xil usullar bilan boyitilgan.






badiiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasi.

badiiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasi.
Bunday bezaklarga jiyak-peshkurta ham kiradi. Jiyak-peshkurtning uzunligi 110–120, eni 8–10 santimetrdan iborat bo’lib, u kiyimga tikilmagan, balki ko’ylak ustidan bezak sifatida kiyilib, ko’krak qismdagi vertikal qirqimga chetlari chatib qo’yilgan. Peshkurtalarga bezak berishda ikki xil usuldan foydalanilgan, to’qilgan va zardo’zi. Ularning bezak naqshlarida turli xil geometrik shakllar va o’simlik tasvirlari qo’llanilgan, jumladan chiziqli, aylana, to‘g‘ri burchakli, romb, uchburchak, trapesiya va gullar, barglar, novdacha kabilar. Peshkurta, nafaqat bezak sifatida, balki turli balolardan asrash maqsadida ham ishlatilgan
Ayollar ko’ylak bilan birga lozim yoki poychomalar kiyishgan. Ular bichimi erkaklar shimiga o’xshash bo’lib, matosi va bezagi bilan butunlay farq qilgan.

Poychoma chetlarini zex va jiyaklar bilan bezak berib tikilgan. Odatda, lozimning yuqori qismi odmi matodan, pastki qismi esa qimmatbaho matolardan tikilgan. Lozim uchun shoyi, parcha kabi matolar ishlatilgan.

Ayollar ustki kiyimlaridan biri chopon bo’lgan. Choponning turlari xar xil bo’lib, aynan ayollarga xos bo’lgani kaltacha va paranji hisoblangan. Bunday ustki kiyimlar turli xil matolardan, jumladan abrband shoyidan, duxoba va parchadan tikilgan.


Shaxsiy kolleksiya. Toshkent.
Ustki kiyimlar matosi ham tabaqa darajasiga qarab tanlangan. Oddiy ayollarning ustki kiyimlari adrasdan tikilgan. Choponlar bir-biridan bichimi bilan farq qilgan.
Masalan, kaltacha yoqa qismi kattaroq o’yilib, qulfagi bo‘lmagan va yeng ostida burmasi bo’lgan. Burmalar esa o’z navbatida ma’lum funksiyani bajargan, ya’ni belni yaqqol ko’rsatib bergan. Bu esa o’z navbatida ayollarga yanada ko’rk bag’ishlagan.

Ayollarning ichki ko’ylaklarining engi ko’rinib turishi maqsadida kaltachaning yenglarini kalta qilib tikishgan. Aslida, kaltacha O’zbekistonning barcha hududlarida keng tarqalgan munisak, mursak kabi ayollarning qadimiy ustki kiyimlari nomi hisoblanadi.

Bunday ustki kiyimlar XVI asrda paydo bo’lganligini miniatura tasvirlaridan ham kuzatish mumkin. Kaltachaning ko’rinishi asrlar oti’shi bilan o’zgarib bogan. XVII asrga kelib uning uzunligi tizzadan teparoqda bo’lsa, XIX asrga kelib esa to’piqqacha etgan. Kaltachalarda, asosan shoyi, duxoba matolarining qo’llanilishi va zardo’zi usulida huddi erkaklar choponi singari bezak berilishi kuzatiladi

Ayollar uydan tashqarida paranjidan foydalanishgan. Bunday paranjilar keng, uzun bo’lib, chachvonga ham ega edi. Dastlabki paranjilar rangi ayollar kiyimlariga nisbatan och ranglarda bo’lib, asosan, parpasha yoki olacha nimshoyi matosidan tikilgan. XIX asrlarga kelib esa, paranjilar yorqin rangli baxmal va parchalardan tikilgan. Amirning xotinlari zardo‘zi paranji yopingan.

Ayollar bosh kiyimi sifatida, asosan zar iplar bilan tikilgan kaltapo’shak bo’lgan. Bunday bosh kiyimni asosan, amir xaramidagi ayollar kiyishgan. Kaltapo’shak ikki tomoni ochiq qopchiqdan iborat bo’lib, undan soch o’tkazilgan, ustidan esa katta ro’mol tashlangan. Ro’mol ustidan peshonaband bog’langan. Beshonaband ustiga o’simliklar va geometrik shaklli naqshlarni zarxal iplar bilan tikib bezak berilgan. Peshonaband ustidan esa shoyidan tikilgan uchburchak shakldagi rido ro’moli tashlangan.
Ushbu ro’mol ustiga turli xil naqshlarni zar bilan to’qilgan. Kaltapo’shakni yosh qizlar ham kiyishgan, ammo uning farqi soch tushiriladigan qopchig’i yoqligida edi.






XIX asr oxirida ayollar, asosan aslzoda xonimlar gardishi qunduz mo‘ynadan iborat, tepasi uchli yoki aylana zardo‘zi telpak kiyganlar. Telpak baxmaldan tayyorlangan. Uning yuzasi silliq bo’lib, zamindo‘zi usulida turli o‘simliklar naqshi bilan bezak berilgan. Bunday telpaklar qimmatbaho hisoblangan.
Ayollar poyabzali sifatida kavushdan foydalanishgan. Bunday kavushlar old tomoni zar iplar bilan bezatilgan va chetlariga jiyak tikilgan.


