Qoraqalpog‘iston — Ayollar kostyumi
Qoraqalpoq ayollarining liboslari o’zining betakror naqshlari, bezaklari va turli xil yorqin ranglari ila erkaklar kiyimidan butkul farq qilgan. Ayollar libosining o’ziga xos…
Qoraqalpoq ayollarining liboslari o’zining betakror naqshlari, bezaklari va turli xil yorqin ranglari ila erkaklar kiyimidan butkul farq qilgan.
Ayollar
libosining o’ziga xos jihatlari mavjud ediki, ular orqali ayol go’zalligi va
nafosatini ko’rish mumkin bo’lgan. Ayollar liboslari ko’rkam bo’lishining yana
bir jihati, ayoldan e’tiborni chalg’itib, yomon nazarlardan saqlash demakdir.
Ayollar libosi ayolning har bir yosh davrini inobatga olgan holda tikilgan, jumladan yosh guruhlari ayol hayotidagi muhim bosqichlarni o’z ichiga olgan. Bular: qizlik, turmushga chiqish, onalik va qarilik davridir. Ushbu liboslarda qo’llanilgan ranglar uyg’unligi, bezakda ishlatilgan kashtalar naqshlari, mato va bosh kiyimlar, hamda taqinchoqlar turlarining barchasi ayollar hayotining tarixi, ularning kelib chiqishi va shajarasi, mashg‘uloti va maqomini anglatgan.
XIX asr oxiri XX asr boshi.
Oilada qiz bolaning tug’ilishi – bo‘lg‘usi ona hamda urug‘ning eng katta boyligi sifatida qaralgan. Shu sababli, oilada qiz bolaga ko’proq e’tibor berilib, uni yovuz ta’sir va nazarlardan asrash maqsadida, liboslarining tarkibiy qismlari va bezaklari shunga moslashtirilgan. Har bir yosh ayoli uchun o’ziga xos bo’lgan rangli matolar tanlangan hamda qat’iy ravishda an’anaviy bezaklar bilan to‘ldirilgan.
Qoraqalpoq ayollari yoshga doir me’yorlarga muvofiq, muayyan shakldagi bezaklardan foydalanish qoidalariga amal qilishi talab etilgan. Bu esa oz navbatida insonning odob-axloq qoidalariga taalluqli bo’lgan xususiyatlar edi. Ushbu qoidalarga amal qilmaslik, jamiyat tomonidan keskin qoralangan.
Qoraqalpoq
kelinlarining libosi, juda bashang bo’lib, turli bezaklar bilan to’ldirilgan.
Ayollar, kelinlar, odatda qizil rangdan ko’p foydalanishgan. Qizil rang, o’z
navbatida himoyalovchi rang deb hisoblangan. Tanlangan ranglar ichida, nafaqat
qizil rang himoyalovchi vazifani o’tagan.
Ayollar liboslarining tarkibiy qismiga kiruvchi qizil va qora movutli kiymeshek, to‘q qizil shoyidan tayyorlangan jegde, to‘q ko‘k rangli, oltin, kumush, marjon, feruza va serdolik toshlari bilan bezatilgan saukele hamda zargarlik bezaklari rang-barang kashtalar bilan uyg‘unlikda nekbin va ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydigan taassurot qoldirgan.
XIX asr oxiri XX asr boshi.
Ayollar bir farzandli bo’lgach, liboslari nisbatan odmi bo’lgan, biroq, aynan qizlik davridagi ranglardan foydalanilgan. Ayollarning onalik davriga xos bo‘lgan liboslari o’zining sipo ranglari bilan ajralib turgan. Yoshi katta ayollar esa qoramtir rangli kiyim kiyishni ma’qul ko’rishgan. Yoshi jihatidan ulug’ hisoblangan onaxonlar esa jismoniy va ruhiy poklik ramzi, Tangri bilan uchrashuvni yaqinlashtirish belgisi bo‘lgan oq rangli matolardan tikilgan libosni kiyishi urf bo’lgan.
Qoraqalpoqning barcha yoshdagi ayollari liboslari tarkibiy qismida huddi erkaklar kiyimlari singari, ichki kiyim sifatida keylek va unga qo’shimcha jiyek bilan bezatilgan ishtan, ustki kiyim shapan, boshga yopiladigan jegde, turli xil bosh kiyimlar, poyabzal hamda majburiy ravishda taqilishi talab etilgan kumush bezaklar to‘plamiga ega bo‘lgan. Kiyimlar uchun fabrikada ishlab chiqarilgan hamda mahalliy hunarmandlar tomonidan tayyorlangan turli ip gazlama, shoyi va jun matolardan foydalanilgan.
Ayollar, odatda, uy va bayramga mo‘ljallab, keyleg tiktirishgan. Uy ko‘ylaklari an’anaviy bichimda tikilgan. Qizlarning uy ko‘ylaklari ayollarnikidan farq qilgan.
Qizlar gorizontal yoqali ko’ylaklar kiyishsa, turmushga chiqqan ayollar esa, vertikal yoqali ko’ylak kiygan. Uy ko’ylaklariga kashtalar orqali bezak berilmagan. Vertikal yirmochli ko‘ylaklar yoqasi ikkita bog‘ich bilan bog‘langan yoki katta tuyme (tugma) bilan qadalgan. Tuymelar qalqon yoki kumush sharcha shaklida tayyorlangan. Shuningdek, ular qoraqalpoq urug‘lariga qarab qolipli yoki o‘yma naqsh bilan bezatilgan (369-lar).

Bayram ko‘ylaklari qimmatbaho abrband matolardan tikilgan. Odatda, bunday liboslar yashil-ko‘k rangli tasvirlar tushirilgan pashshayi, Buxoro shoyisi hamda silliq bo‘yalgan muhayyar torkadan tikilgan. Bayram liboslarining yoqalariga gul solib kashta tikilgan. Ular ikki xil turga bo’lingan. Qizlar ko’ylagining yoqasi onirshe olib qo’yiladigan tarzda tikilgan. Yoshi ulug’ ayollar liboslarining yoqasi jag‘a bevosita ko‘ylakning o‘zida joylashgan. Ayollar ko‘ylagi to‘g‘ri yengli va qulfakli qilib tikilgan. Yoshi katta ayollar ko’ylak tikishda silliq bo‘yalgan matolardan ham foydalanishgan.

Yosh qizlarda onirshe yettita tuyme (1 jumalak tuyme, 2 baka tuyme, 2 ayri tuyme, 2 shar tuyme), 1 onshik yoki gildshalgish (kalitlar uchun ilgak) va ongirmonshaq (jaranglaydigan shokilalar) bilan bezatilgan (371-lar). Ma’lumotlarda keltirilishicha, ongirmonshaq yarim shar qubbacha ko‘rinishida bo‘lib, qo‘ng‘iroqchalar, yaproqchalar shaklidagi ko‘plab osiladigan bezaklarga boy bo’lgan. Bunday bezaklar insonga hayot ato etuvchi urug‘lar ramzini bildirgan.


Ayollar ko’ylaklari ichida kok keylek asosiy o’rin tutgan. Ayollarning qadimgi to‘y ko‘ylaklari ko‘k xonaki matolardan tikilgan bo’lib, qoraqalpoq kashtado‘zlarining yuksak mahorati namunasi sifatida tan olingan. Ko‘ylakning old qismini to‘q sariq, yashil hamda qizil rangli shoyi iplar bilan tikilgan kashta bilan qoplangan. Ayollar ko’ylagining ko‘krak qismidagi rombsimon shakllar kolchuguni eslatib turgani sababli, uni «kolchugi naqshi», deb nomlashgan (373-lar). Hojsimon shakl osmonga intilish ramzi sanaladi. Ko’ylakning old tarafi o’rtasidagi enli qora jiyakdagi shakllar turlicha bo’lsada, ularning barchasidagi naqshlar beshik shaklini yodga soladi.




I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyi. Nukus.
Qoraqalpoq nikoh marosimidagi moviy osmon udumi moviy tusli ho’kiz-erkak totemi shuningdek, moviy va ko’k rang samo ranglari bilan bog’liq. Moviy va ko’k rang qoraqalpoqlarda ayol totemi ham deb qaralgan. Boshqa tarafdan esa nikoh to’yidagi yer hayvoni echki bilan bog’liq udum ham ayol totemi bilan bog’lanadi. Bu erkak va ayolining ibtidodagi birlashuvi samoda bo’lganiga ishoradir, deb xulosa chiqarish imkonini beradi. “Zamin osmon” bog’liqligining ifodalanish tarzi ham shuni bildiradi. Ko’ylakning old tarafi o’rtasida tikilgan enli uzun qora jiyak naqshlari esa, kelinning qaysi qabiladan ekanligini bildiruvchi o’ziga xos ma’lumotnoma sanaladi. Undagi beshik shaklidagi naqshlar esa dunyoga keladigan kelgusi avlodning ramzi hisoblanadi. Qoraqalpoq xalqining “Qirq qiz” dostonida madh etilgan sak-massaget qabilalari jangchi ayollari liboslari an’analari kok keylek bezaklarida o‘z ifodasini topgani ehtimoldan holi emas. Ayollar ko’ylagida albatta kashtalardan foydalanilgan. Kashtalarsiz tikilgan ko‘k ko‘ylak (kok keylek) aza kiyimi hisoblangan.
Oila qizining urug‘i va nasabi tarixiga oid barcha ma’lumotlar, baxtli kelajak tilagi va ko‘z tegishidan himoya qiladigan sehrli afsunni o‘zida jo etgan naqshlar joylashuvi ko‘ylakka muqaddas ma’no bergan.
Ayollar ustki kiyim sifatida, erkaklarga oxshabshapan dan foydalanishgan. Ammo ayollar shapani xorijdan keltirilgan qimmatbaho matolardan tikilgan, jumladan Buxoro, Xorazm yoki Rossiyada ishlab chiqarilgan yorqin rangli shoyi yoxud nimshoyi matolar asosiy mato hisoblangan (376-lar).


Ayollar shapani huddi Xorazm choponi kabi gavdaga yopishib turgan. Shapanning ustidan berilgan vertikal mayda qaviqlari ayol qaddi-qomatini xushbichim qilib ko‘rsatgan. Uyda kiyiladigan shapanlar ko’chaga kiyiladigan shapanlarga nisbatan odmiroq bo’lgan.

Shapanni bezash maqsadida, uning chetlariga qizil rangli jiyak tikilgan. Himoya vazifasini bajaruvchi jiyak yonboshdagi yirmochlarda uchta popuk bilan tugagan. Shapanning yonbosh qismida vertikal cho‘ntaklar joylashgan.

Ayollar huddi erkaklar singari chopon ustidan belni bog‘lashgan. Qoraqalpoq ayollarining liboslari ushbu jihati bilan boshqa hudud ayollarining liboslari bilan ajralib turgan. Bugungi kunda esa, xorazmlik ayollar aza marosimlarida belni bog’lashini ko’rish mumkin.

380- Qoraqalpog‘iston. XIX asr oxiri XX asr boshi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Davlat o‘lkashunoslik muzeyi.
Qoraqalpoq ayollari libosida mavjud bo’lgan yana bir jihat borki, bu ustki kiyim yenglari ustidan kiyiladigan jengse yengligi bezagi mavjud bo’lgan. Xorazmlik ayollar liboslarida esa bunday tarkibiy qismlar uchramaydi. Odatda, jengse qizil movutdan tayyorlanib, uzunligi 40 santimetrni tashkil qilgan. Uning ustidan eni 7–8 santimetr bo’lgan kashtalar bilan bezatilgan qora movut hoshiyalar tikib chiqilgan. Ushbu yengiliklar turini no‘g‘aylar hamda Volga bo‘yida yashovchi ayrim xalqlarda ham uchratish mumkin bo’lgan.
Badavlat ayollar sovuq havoda qimmatbaho abrband ishik shoyisidan tikilgan mo‘ynali shapan kiyishi urf bo’lgan. Ushbu shapanlarning yenglariga mo’yna tutilib, uning chetlari va etak qismiga qunduz mo’ynasi bilan qoplangan. Ishiklardan ayollarning turli yosh vakillari foydalanishgan. Qoraqalpoq kostyumida katta yoshli ayollar libosidagi rang va naqshlar yosh qizlar va kichkina qizlarnikidan farq qiladi.

XIX asr oxiri XX asr boshi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘lkashunoslik muzeyi.
Biroq, 15–30 yoshli ayollarning choponlariga
esa jengse tikilgan, yoshi ulug’ ayollar esa bunday bezakdan foydalanishi
o’ziga ep bilmagan. Ishiklar ustidan bel qismiga metall
yoki suyak spitsalardan to‘qilgan popukli belbog‘ bilan bog‘langan (382-lar). Katta yoshli ayollar ko‘ylak va choponi issiq va
to‘q qizil rangda bo‘lsa, yosh va kichina qizlar libosida asosan
qizil, olov rang va ko‘k ranglardan foydalanishgan. Bu rang qora
kuchlardan himoya qiluvchi hisoblangan va shuning uchun ayollarni farzandli bo‘lish
layoqatining “soqchisi” bo‘lgan.
Bundan tashqari qizil rang hayot, qon va olov timsoli sifatida ham qo‘llanilgan. Shu boisdan ham jegede va qizil kemeshek kabi bosh kiyimlari qizil rangda bo‘lgan. Bu kabi kiyimda qizlar turmushga chiqishgan va qarib tug‘ishga layoqatsiz bo‘lguncha kiyishgan.


I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyi. Nukus.
Qoraqalpoq ayollarining ko‘chada boshga yopib yuradigan liboslaridan biri – jegdedir. Ushbu libos o‘zbek paranjilaridan o’zining uzunligi bilan ajralib turgan. Jegdening uzunligi tizzagcha bo’lib, chachvonsiz bo’lgan. Uning uzun soxta yenglari esa belda erkin holatda osilib turgan va o‘zaro tikilmagan.
Odatda, qiz va yosh ayollar uchun qizil-nafarmon rangidagi jepek jegde tikilgan. Jepek jegdeni tikish uchun mayda chiziqli yaltiroq alasha matosi yoki shoyi tanlangan. Uning yoqasi enli qilib tikilgan yo‘l-yo‘l kashta va shoyi popuklar orqali bezatilgan. Jegde ko‘krak qismining ikki tomoniga kumush shokilali jiyaklar bilan bezak berilgan. Ushbu jiyaklar esa o’z navbatida bog‘ich vazifasini o‘tagan.

Yoshi ulug‘ ayollar o’z liboslari uchun ochiq rangli matolar qo’llashgan. Ular liboslarni tikishda, asosan, ip-gazlamadan foydalanishgan. Aq keylek (oq ko‘ylak), aq kiymeshek (bosh kiyimi), aq jegde (yelkaga tashlanadigan chopon) kabi kiyimlar turi shular jumlasidan.
Bunday liboslar, odatda, nafis to‘q qizil rangli yarim kesishgankashta gullari bilan tikib bezalgan. Aq jegde oq ip gazlamadan tayyorlangan bo’lib, uni yoshi ulug’ ayollar kiyishgan). Qiz va ayollarning aq jegdesi esa qizil rangda bo’lib, turli shoyi iplardan kashtalar bilan bezak berilgan. Shuningdek, jegde chetlari, etagi va yeng qismlarining uchiga qizil shoyi ip bilan hoshiya tikib chiqilgan. Qizil movutdan tayyorlangan yopishtirma yoqa ham bezaklar bilan to’ldirilgan.


XIX asr oxiri XX asr boshi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘lkashunoslik muzeyi.


XIX asr oxiri XX asr boshi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘lkashunoslik muzeyi.


Qoraqalpog‘iston. XIX asr oxiri XX asr boshi. I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyi. Nukus.

Qoraqalpog‘iston. XIX asr oxiri XX asr boshi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘lkashunoslik muzeyi.
Boshqa hududlardagi kabi liboslarda oq rangning ishlatilishi – poklik va inson qadr-qimmati ma’nosini bildirgan. Shuningdek, bu rang salbiy ta’sirlarni, jumladan ayolni farzandlik bo’lish ehtimolining yo’q bo’lishi va shu bilan birga o‘limni ham anglatgan. Ayollar azada silliq oq matodan foydalanishgan. Ushbu rang motam rangi hisoblangan. Aq jegde yoshi ulug‘ ayolning o‘ziga xos tarjimayi holi bo‘lgan. Xususan, naqshlarda uning kelib chiqishi va hayot yo‘li hikoya qilingan.
Qoraqalpoq ayollarning bosh kiyimi xilma-xil bo‘lib, ular orqali egasi haqida ma’lumot bilib olish mumkin bo’lgan. Ayollar bosh kiyimlari sirasiga taxiya, kasava, turme, saukele, kiymeshek va tobelik kabilar kirgan.
Qiz va ayollar bosh kiyimlari o’rtasida farq bo’lib, qizaloq va o‘smir qizlar taxiya debnomlangando‘ppiga o‘xshash bo’lgan bosh kiyim kiygan. Ushbu bosh kiyimni turlicha bezash mumkin bo’lib, uning bezaklariga qarab nomi ham turlicha bo’lgan. Marjon taxiya, tobelik yoki kupeli taxiyaning uchida ustunchasi mavjud bo’lib, popekli taxiya popuklar bilan, tozeu taxiya esa turli zargarlik buyumlari bilan bezatilgan. Ma’lumki, qadimdan qizning unashtirilgani yoki unashtirilmagani haqida ma’lumotni bilish uchun popekli taxiyaga popuklarning joylashuvi o’zgartirilgan. Jumladan, taxiyaning o‘ng tomoniga tikilgan popuk orqali qizning unashtirilganini bilish mumkin bo’lgan. Aksincha, popukni taxiyaning chap tomoniga tikilsa, qizning egasi hali yoq degan ma’noni bildirgan.
XX asr boshlariga kelib taxiyalar o’zgacha bezatila boshladi. Jumladan, 14–15 yoshli qizlar taxiyani bezatish maqsadida unga tanga va marjonlar taqishgan. Shuningdek, munchoq yoki ingichka shoyi tasmalar qadalgan bog’ichlarni taxiyalarning yon tomoniga tikilganligini ham ko’rish mumkin. Shoyidan tayyorlangan tasmalar ustiga kashta bilan tikilib, unga munchoq va tangalar bilan bezak berilgan.
Qiz bolalar taxiyani ro‘molsiz kiygan. Balog‘atga yetgan qizlar taxiyani o’zida yurmay balki, taxiya ustidan kichik oraypek ro‘molini bog’lab yurishgan. Ammo, taxiyaning bezatilgan old qismi ochiq qoldirilgan.
Ro‘molning uchlari esa gardanda ustma-ust qilib tepaga qaratib bog’lab qo’yilgan. Ayollarning qadimiy bosh kiyimlari turlariga qish mavsumiga mo’ljallangan telpakchalar ham kirgan. Bunday qalpoq ko’rinishidagi telpaklar, odatda suvsar hamda qunduz mo’ynalaridan tayyorlangan.
XIX asrning so’nggi yillariga kelib, ushbu telpaklar turli xil baxmal matosidan ham tikila boshladi. Bunday rangli telpakchalar o‘smir qizlar uchun mo’ljallangan.
Qoraqalpoq ayollari ham sallaning o’zgacha turidan foydalanishgan. Ular, odatda do’ppi ustidan aylantirib o’raladigan salla turini ma’qul ko’rishgan. Ushbu salla nomi turme bo’lib, odatda, ayollar bunday bosh kiyimni kundalik bosh kiyimi sifatida qo’llashgan. Sallani o’rash usuli har hil bo’lib, o’rash jarayonida ro’mol yoki matolardan foydalanilgan. Shaharli ayollar turmesining o’ralish uslubi, uning shakli qishloq ayollarining turmesidan farq qilgan.
To’y marosimlarida ayollar kiyadigan bosh kiyim o’zgacha bo’lib, saukele deb nomlangan..

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘lkashunoslik muzeyi.
Ushbu bosh kiyimi dubulg’asimon shaklda bo’lgan. Bunday bosh kiyimlar, odatda kigizdan tayyorlanib, ustidan esa qizil movut qoplangan. Saukele juda bashang ko’rinishda bezatilgan, jumladan uning peshona va quloq qismlari oltin bilan qoplangan.
Shuningdek, saukele naqshli kumush
bezaklardan, shokila, marjon, turli rangli toshlar bilan bezatilganligini ham
ko’rish mumkin.
Uning yon
tomonlariga ham bezaklar berilib, jumladan turli munchoq va marjondan
yelkagacha tushib turuvchi to‘r tikilgan. Saukelening dekorativ bezagini yakunlovchi qismi ko‘krak
qismiga rang-barang boydasi marjonlardan tuzilgan uchta shoda ilib
qo’yilishida hisoblangan.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyi. Nukus.
Shuningdek, saukelening orqa qismiga sochpopuk vazifasini bajaruvchi xalika matosi to‘g‘ri burchak bichimda ulab qo’yilgan. Bunday bosh kiyim ort tomondan huddi tovusni eslatgan. Jumladan, saukele qiya kesilgan hamda konus ko‘rinishida bo’lgan, shuningdek, kumushdan tayyorlangan, uning ustidan tilla suvi yugurtirilgan tobelik bilan ham kiyilgan. Tobelik esa o’z navbatida movut bilan qoplangan bo‘rtma gardishda feruza, marjon va o‘yma o‘simlik tasvirlari bilan bezatilgan turmakka taqilgan. Saukele hamda tobelik bezaklari birga juda chiroyli va hashamatli bo’lib ko‘ringan. Ayollar tobelikni faqat saukele bilan taqqan. Asosan, qizlar uchun bayram ziynati bo’lgan tobelik eng chiroyli bezak hisoblangan.
Ayollar turmesini tayyorlashda qizil shoyi, shuningdek, aydinli (to‘linoy) chitidan foydalanilgan, yoshi ulug‘ ayollar esa turmesi uchun oq mato qo’llanilgan. Agar salla matosi aydinli bo‘lsa, u aydinli oramal deb nomlangan.
Yilning sovuq mavsumida ayollar salla ustidan katta shalgish yoki sharshi ro‘moli o‘ragan.
Turmushga chiqqan ayollar bosh kiyimi qizlar bosh kiyimidan ajralib turgan. Ushbu bosh kiyimning nomi kiymeshek deb nomlangan. Kiymeshek, o’z navbatida ikki xil turga qizil kiymeshek va aq (oq) kiymeshekka ajratilgan.

XIX asr oxiri XX asr boshi. I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Davlat san’at muzeyi. Nukus.
Qizil rangdagi kiymeshek ayollar uchun tikilsa, aq kiymeshek keksa yoshdagi ayollar uchun mo’ljallangan. Kiymeshek ko’rinishi jihatidan kapushonga oxshash bo’lib, uning old tominida yuz ko’rinib turishi uchun teshik bo’lgan. Shuningdek, kiymeshek yechilganda romb shaklini olgan. Ushbu belgi esa – ayol va onalar, farzand ko‘rish va hosildorlik ramziy ma’nosini bildirgan.

XIX asr oxiri XX asr boshi.I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Davlat san’at muzeyi. Nukus.
Kiymeshek ikki qismdan iborat bo‘lgan. Shuningdek uning ko‘krakkacha tushib turuvchi kesik uchburchak ko‘rinishidagi old tomoni aldi deb atalgan. Aldining yuz ko’rinishi uchun o‘yilgan joyi mavjud edi. Uning belga tushib turuvchi qismi quyriqsha (quyruq) deb nomlangan. U katta abrband tasvirli pashshayi bo’lagi yoki nimshoyi matodan ham tayyorlangan. Quyriqshaning bir burchagi boshga tashlangan. Kiymeshek boshda mahkam turishi maqsadida, tasma boshdan o‘tkazilib, ko‘krak qismining oxiriga tikilgan. Qizil kiymeshek himoya vazifasini bajarib, zanjir usulida tikilgan rangli kashta bilan boyitilgan.
Ayollar liboslarida asosiy qo’llaniladigan kashtalarning ikki turi bo’lib, ular, asosan, ip gazlama va movutga tikilgan. Qiz va yoshi ulug’ ayollar libosida, asosan, ip gazlama matosini qo’llashgan. Shuningdek, ushbu mato ustidan kanvasiz, ya’ni to‘rni qo’llamagan holda, yarim kesishgan shaklda mayda naqshli kashta tikilgan. Ikkinchi turi movutga tikilib, unda o‘nlab turli choklar qo’llanilgan. Bunday usulda tikish hamda o’ziga xos ranglar uyg‘unligining qo’llanilishi nafis kompozisiyalar yaratish imkonini bergan.


Davlat san’at muzeyi. Nukus.
Kiymeshek
kashtalaridan, asosan, libos markaziy qismi, chetlari, shuningdek yuz uchun
o‘yilgan joyning atrofida qo’llanilgan. Qizil kiymeshekning alvon sathi
gorizontal bo‘yicha muayyan sulolaga xos naqshli motivlar bilan qoplangan. Naqshlarda, asosan kosmogonik ramzlar, ayollar
tasvirlari, suv, zoomorf va o‘simlik motivlari qo’llanilgan. Orta kara tasmasi qizil kiymeshekning markaziy
qismida bo’lib, u qoraqalpoqlarning beshigiga (besik) o‘xshash bo‘lgan. Aq kiymeshek ham bichimi jihatidan shunga o’xshash
bo’lib, oq matodan tayyorlangan. Uning
naqshlari o‘zaro kesishgan chiziqlar usulida vertikal ko’rinishda tikilgan. 50 yoshdan oshgan ayollar esa aq kiymeshekni kiya
boshlashgan. Aslida, esa kiymeshek, nafaqat bosh kiyim sifatida, balki turmushga chiqqan
ayollarning sochlarini bekitishga ham mo‘ljallangan. Ma’lumotlarga ko’ra, ularda soch orqali ayolga
ziyon-zahmat etkazish mumkin degan hayollar bo’lgan.
Shuningdek, u yosh ayolga farzandlik bo’lish, uni yovuz kuchlardan asrashga ijobiy niyatlarni amalga oshirishga qaratilgan libos tiru hisoblangan. Shu sababli, kiymeshekni tikish jarayonida barcha tikuv ishlarini hamda kashta bilan bezak berishni aynan qizning o’ziga topshirilgan. Kelin esa ushbu libosni to’y marosimlaridan so’ng ham uzoq muddat kiyishi shart bo’lgan.
Kelinga to’y marosimida boshiga avval kichik ro’molni o’rab, so’ngra kiymeshek hamda saukele kiyilgan. Jegde esa, boshga kiyiladigan kiyimning oxirgi tarkibiy qismi hisoblangan. Shuningdek, kok keylek va shapan ham to‘y liboslari to‘plamini to‘ldirib boyitgan.
XIX asrning so’nggi yillariga kelib, saukele libosi to‘y marosimida kiyiladigan asosiy libos hisoblangan. Ayol farzandli bo’lgach, turmushga chiqqan ayollarning bosh kiyimini kiyishni boshlagan hamda ushbu bosh kiyimdan keksalik davrigacha foydalanilgan. Keksa yoshdagi ayollar bosh kiyimi ham ikkiga bo’lingan bo’lib, bular: boshga kiyiladigan kiymeshek va uning ustidan o‘ralgan salla bo’lgan.
